Crescent Bay Beachfront Villas Phuket - Phuketning janubi-sharqidagi Keyp Panva burnida joylashgan oltita hashamatli plyaj rezidensiyasidan iborat yopiq majmua. Loyihaning arxitekturaviy g'oyasi oy fazalaridan ilhom olib yaratilgan: har bir villa bevosita okean tomonga yo'naltirilgan bo'lib, barcha xonalardan dengiz manzarasi ochiladi va ichki hamda tashqi yashash maydonlari o'rtasida uyg'un bog'liqlik ta'minlangan.
Rezidensiyalar 4, 5 yoki 6 yotoq xonali variantlarda taklif etiladi. Umumiy qurilish maydoni 903 dan 1 619 kv.m.gacha, alohida yer uchastkasi esa 898 dan 2 807 kv.m.gacha bo'lgan oraliqda. Har bir villada xususiy suzish havzasi hamda ikki-uchtadan avtomobil to'xtatish joyi mavjud. Butun loyiha taxminan 7 ray yerga joylashgan.
Narhlar 132 000 000 Tailand bahtidan boshlanadi. Qurilish ishlari hozir davom etmoqda, ob'ektni topshirish 2026-yilning uchinchi choragiga rejalashtirilgan. Loyiha bunyodkori - Insaf Phuket Panwa Limited kompaniyasi.


