Gardens of Eden - Phuketning eng obod va mashhur sohillaridan biri bo'lgan Bang Tao qirg'og'idan 50 metr uzoqlikda qurilgan yirik premium kurort loyihasi. 122 000 kv.m dan ortiq maydonga ega bo'lgan bu majmua bir butun tabiiy muhit sifatida loyihalashtirilgan: umumiy hududning 70 foizini bog'lar, parklar va suv ob'ektlari egallaydi, qolgan 30 foizigina inshootlar uchun ajratilgan. Majmua uchta turar-joy qismidan iborat - Eden Residences, Park Residences va Lake Residences - hamda Osiyodagi birinchi hamkorlik loyihasi sifatida e'tiborni tortuvchi ETRO Residences Phuket. Bu italyan moda uyi ETRO bilan taniqli qo'chmas mulk ishlab chiqaruvchisining mintaqadagi ilk birgalikdagi loyihasidir.
Majmua Phuketning eng qimmatbaho manzillaridan birida joylashgan: Bang Tao sohiliga piyoda bir daqiqalik yo'l, Laguna, Boat Avenue va Porto de Phuket esa yaqin atrofda. Phuket xalqaro aeroportiga avtomobilda 20 daqiqa, yetakchi xalqaro maktablar va xususiy tibbiyot markazlariga esa 20 dan 35 daqiqagacha yo'l. Majmuaga tutash hududda Sirinat milliy parki joylashgan.
Aholiga o'nta restoran va kafe, termal kompleks hamda fitnes-klub o'z ichiga olgan wellness-markaz, oltita basseyn, ikkita klub uyi, ikkita bolalar klubi, biznes-markaz, yer osti avtoturargoh va 8 000 kv.m lik dam olish va ko'ngilochar park xizmat ko'rsatadi. 100 xonali premium mehmonxona va 210 ta brend rezidensiyasi yagona boshqaruv va xizmat ko'rsatish tizimi doirasida ishlaydi. Wellness dasturiga kriosauna, flotatsion terapiya, giperbarik kamera, hammom, fin saunasi, rus banyasi va boshqa davolash-sog'lomlashtirish xizmatlari kiradi.


